AsosiyJamiyat

Toshkentdagi korxonada yong`in sodir bo`ldi (video)

'Toshkentdagi korxonada yong`in sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Bugun, 25 may kuni soat 02:30 da Toshkent shahar Bektemir tumani «Mirishkor» MFY Chirchiq bo`yi ko`chasida joylashgan tadbirkorlik sub`ektida yong`in yuzga keldi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, yong`in chiqindi moy mahsulotini qayta ishlash vaqtida sig`imni yorilib ketishi natijasida yuzaga kelgan.

Yong`inni bartaraf etish uchun 8 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 02:32 da voqea joyiga etib borib, yong`in  soat 03:09 da o`rab olingan va soat 03:16 da o`chirilgan.

Yong`in natijasida 150 kv.m maydonda chiqindi moy mahsulotlari yonib ketgan.

 

«Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lgan yo`q», – deyiladi FFV bergan xabarda.

    Boshqa yangiliklar