1

Rossiyadagi o`zbekistonliklar huquqlari himoyachisi Bahrom Hamroev 14 yilga qamalgani aytildi

Dunyo 25.05.2023, 11:47
Rossiyadagi o`zbekistonliklar huquqlari himoyachisi Bahrom Hamroev 14 yilga qamalgani aytildi

Rossiyadagi o`zbekistonliklar huquqlari himoyachisi Bahrom Hamroev 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Rossiyaning ikkinchi G`arbiy okrug harbiy sudi Hamroevni terrorizmni oqlash va terrorchilik faoliyatini tashkil etishda aybdor deb topgan. Sud jarayonida prokuror unga nisbatan 21 yillik qamoq jazosi berishni so`ragan.

Hamroev Rossiya Jinoyat kodeksining 205,2-moddasi 2-qismi (terrorizmni ommaviy oqlash) va 205,5-moddasining 1-qismi (Rossiya Federasiyasi qonunchiligiga muvofiq terrorchi deb topilgan tashkilot faoliyatini tashkil etish) bo`yicha aybdor deb topilgan. Huquq himoyachisi o`zini “Memorial” (xorijiy agentlik tashkiloti deb tasniflangan) va “Grajdanskoe sodeystvie” (xorijiy agentlik tashkiloti deb tasniflangan) tashkilotlari bilan hamkorlik qilishini tan olgan.

Tergov ma`lumotlarida Hamroevning “Hizb ut-tahrir” terrorchi tashkiloti hamda O`zbekistonda Adliya vazirligi ro`yxatidan o`tmagan “Birlik” partiyasiga a`zo ekani qayd etilgan. Bahrom Hamroevning o`zi bu da`volarni rad etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1