1

Qirg`iziston va Tojikiston chegaracida dron uchirish ta`qiqlandi

Dunyo 25.05.2023, 12:42
Qirg`iziston va Tojikiston chegaracida dron uchirish ta`qiqlandi

Qirg`iziston va Tojikiston hukumati ikki davlat chegaralari yaqinida dron uchirmaslikka kelishib oldi. Bu haqda Qirg`iziston prezidentining Botkendagi vakolatli vakili matbuot xizmatiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Qirg`izistonning Botken viloyati rahbari Abdikarim Alimbaev va uning tojikistonlik hamkasbi Rajabboy Ahmadzoda shu masalani muhokama qilgan.

 Tomonlar chegara zonasi yaqinida provokasion harakatlarga yo`l qo`ymaslik, suv resurslaridan maqsadli foydalanish va ikki davlat chegarasida tinchlikni saqlashga kelishib olgan.

Chegara hududda dronlarning parvozini taqiqlash bo`yicha dastlabki kelishuv 2022 yil mart oyida Qirg`iziston—Tojikiston komissiyasi tomonidan ko`rib chiqilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1