AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 21ga to`lmagan yoshlarga tamaki va alkogol mahsulotlarini sotish rasman taqiqlandi

'O`zbekistonda 21ga to`lmagan yoshlarga tamaki va alkogol mahsulotlarini sotish rasman taqiqlandi'ning rasmi

“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste`mol qilinishini cheklash to`g`risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi

Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste`mol qilish moslamalarining 21 yoshga to`lmagan shaxslarga sotish va ushbu shaxslar tomonidan realizasiya qilinishi, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste`mol qilish jarayoniga ushbu shaxslarni jalb etish taqiqlandi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni iste`mol qilish moslamalarini realizasiya qilishni bevosita amalga oshirayotgan shaxs 21 yoshdan kichik ko`ringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatini ko`rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo`lmagan taqdirda esa alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste`mol qilish moslamalarining realizasiya qilinishini rad etishi shart.

Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish bilan bog`liq munosabatlar, shuningdek, sohaga mas`ul organlarning vakolatlari belgilandi. Unga ko`ra, alkogol va tamaki mahsulotlarini quyidagi holatlarda realizasiya qilish (sotish, sotib olish va h.k.) taqiqlanadi:

  • 21 yoshga to`lmagan shaxslarga va ular tomonidan;
  • sotuvchining bevosita ishtirokisiz, o`ziga o`zi xizmat ko`rsatish tokchalaridan, elektron tijorat shaklida;
  • sayyor savdo qilish yo`li bilan, ko`chmas savdo ob`ektlaridan tashqarida, dorixonalarda;
  • bolalarga mo`ljallangan tovarlar sotiladigan xonalarda;
  • bolalar o`yinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun mo`ljallangan boshqa tovarlarga o`xshatib ishlangan bo`lsa;
  • sog`liqni saqlash, ta`lim, madaniyat, sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;
  • ta`lim, sport va diniy tashkilotlardan 100 metrdan kam masofada joylashgan savdo ob`ektlarida;
  • yaroqlilik muddati o`tganda, mahsulot sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarsiz;
  • donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan), iste`mol o`rovida (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotiga nisbatan.

Alkogol mahsulotlarini ish joylarida, ko`chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, bog`larda, barcha turdagi jamoat transportida va boshqa jamoat joylarida iste`mol qilish taqiqlanadi. Chilim chekish uchun maxsus ajratilgan joylar faqat chilim berish bo`yicha xizmatlar ko`rsatiladigan, ventilyasiya tizimlari bilan jihozlangan alohida ajratilgan binolar, inshootlar va ob`ektlarda tashkil etilishi mumkin.

Alkogol mahsulotlarining iste`mol idishida yorliq asosiy yuzasining kamida qirq foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirish bo`lishi kerak.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran 3 oy o`tgach kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar