AsosiyJamiyat

Toshkentda uka akasini pichoqlab o`ldirdi

'Toshkentda uka akasini pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Toshkentda o`zaro kelib chiqqan janjal natijasida uka akasining ko`krak qafasi oldi qismiga o`tkir tig`li pichoq bilan bir marotaba urib qasddan o`ldirgan.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning xabar tarqatishicha, joriy yilning 24 may kuni soat taxminan 00:30 atrofida 2002 yil 18 iyunda tug`ilgan O.Sh. Mirobod tumanida joylashgan “Oybek” metro bekati atrofida bo`la turib, o`zaro kelib chiqqan janjal natijasida akasi 1998 yil 13 aprelda tug`ilgan O.L.ning ko`krak qafasi oldi qismiga o`tkir tig`li pichoq bilan bir marotaba urib qasddan o`ldirib, voqea joyidan yashiringan.

Ma`lumotlarga ko`ra, marhumning jasadini uning katta akasi A. ismli shaxs shifoxonaga olib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan 2023 yil 24 may kuni JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Gumonlanuvchi ushlangan.

    Boshqa yangiliklar