AsosiyJamiyat

4 oyda Soliq qo`mitasiga 359,9 mlrd so`mlik soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan

'4 oyda Soliq qo`mitasiga 359,9 mlrd so`mlik soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan'ning rasmi

2023 yilning 1 may holatiga Soliq qo`mitasiga jami 359,9 mlrd so`mlik 133 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.  

Shundan:

  • soliq auditi bo`yicha - 142,2 mlrd so`mlik 70 ta;
  • sayyor soliq tekshiruvi bo`yicha - 217,7 mlrd so`mlik 63 ta.

Natijada:

  • ️ 89,1 mlrd so`mlik 13 ta murojaatda soliq to`lovchining pozisiyasi qanoatlantirilgan (shundan 40,3 mlrd so`mlik 11 tasi qisman);  
  • ️ 237,2 mlrd so`mlik 104 ta murojaat bo`yicha davlat soliq xizmati organlari qarorlari o`z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;  
  • ️33,6 mlrd so`mlik 16 ta murojaat bo`yicha o`rganish davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar