AsosiyJamiyat

Vazirlik va idoralarda hujjat aylanishining yagona tizimi joriy etiladi

'Vazirlik va idoralarda hujjat aylanishining yagona tizimi joriy etiladi'ning rasmi

“Ma`muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar bermoqda.

Farmonga ko`ra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali raqamli xizmatlar va servislar ko`rsatish hamda ularning natijasini olishning yagona nuqtasi hisoblanadi.

Yagona portal orqali ko`rsatiladigan xizmatlardan foydalanish bosqichlari “3 qadam” tamoyili asosida maqbullashtiriladi.
 2023 yil 1 dekabrgacha fuqarolar raqamli xizmatlardan mustaqil foydalanishlari uchun davlat xizmatlari markazlarida birinchi bosqichda 14 ta “Raqamli xizmat nuqta”lari tashkil etiladi.
 2024 yil 1 yanvargacha raqamli xizmat va servislar, elektron to`lovlar, media resurslar imkoniyatini birlashtirishni nazarda tutuvchi Yagona portal orqali xizmatlarni taqdim etishning yangi dasturiy ta`minot shakli joriy etiladi.
 2023 yil 1 sentyabrdan ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari “edo.ijro.uz” tizimiga o`tkaziladi.

2024 yil 1 maydan ijro etuvchi hokimiyatning hududiy bo`linmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar “edo.ijro.uz” tizimiga to`liq o`tkaziladi. 

2023 yil 1 avgustdan davlat organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablag`larning 50 foizi kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo`naltiriladi.

Shuningdek, 2023 yilda mobil internet foydalanuvchilari sonini oshirish choralari ko`riladi. Bunda ular sonini 31,5 mln nafarga etkazish nazarda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar