AsosiyJamiyat

B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolarga xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlari to`liq qoplab beriladi

'B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolarga xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlari to`liq qoplab beriladi'ning rasmi

“Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformasiya qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar bermoqda.

Qaror bilan, jumladan, quyidagilar tasdiqlandi: 
- “Raqamli hukumat” va “Raqamli hudud” dasturlari doirasida 2023–2024 yillarda amalga oshiriladigan 300 ta ustuvor loyihalar ro`yxati;
- 2023 yil yakunigacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko`rsatilayotgan xizmatlar sonini 570 taga etkazish doirasida portalda birinchi navbatda joriy etiladigan 95 ta xizmat va servislar ro`yxati;
- 2023 yil 1 dekabrdan aholi va tadbirkorlardan talab qilish bekor qilinadigan 47 turdagi ma`lumotlar ro`yxati;
- aholi va tadbirkorlarga xizmatlardan foydalanish  holati bo`yicha yuboriladigan eslatma va xabarnomalar ro`yxati.

 2023 yil 1 iyundan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tashqi kredit va beg`araz ko`mak mablag`lari asosida amalga oshiriladigan loyihalarning raqamli komponentlarga yo`naltiriladigan qismi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan majburiy tarzda kelishiladi.

 Qarorga ko`ra, “Raqamli geoportal” axborot tizimi va “Xalq nazorati” platformasi:

- 2023 yil 1 sentyabrgacha Angren, Ohangaron, Yangiyo`l, Chirchiq va Nurafshon shaharlarida;
- 2023 yil yakunigacha Jizzax va Urganch shaharlarida ishga tushiriladi.

 2023 yil 1 oktyabrdan tadbirkorlarga elektron tijorat faoliyati doirasida erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan chakana savdo operasiyalarini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

“Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichi sifatida xorijiy nufuzli ta`lim platformalarida IT-yo`nalishdagi onlayn o`quv kurslarda tahsil olish imkoniyati yo`lga qo`yiladi.

2023 yil 1 oktyabrdan B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolar tomonidan tegishli yo`nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 foiz qismini qoplash tizimi joriy etiladi.

 Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-park rezidenti bo`lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o`quv markazlariga har bir bitiruvchi uchun BHMning 75 baravarigacha, nogironligi bo`lgan yoshlar uchun esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish yo`lga qo`yiladi.

 

    Boshqa yangiliklar