1

Xorijdagi turklar saylovda rekord darajada ovoz berdi

Dunyo 25.05.2023, 19:35
Xorijdagi turklar saylovda rekord darajada ovoz berdi

Turkiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida xorijda ovoz berganlar soni rekord ko`rsatkich – bir million 850 mingdan ortiq fuqaroni tashkil etdi, deyiladi mamlakat Oliy saylov komissiyasi bayonotida. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Hisob-kitoblarga ko`ra, birinchi turda xorijda va chegara punktlarida deyarli 1 million 840 ming kishi ovoz berdi, saylovchilarning ishtiroki 53 foizdan oshdi, 16 mingdan ortiq ovoz haqiqiy emas deb topildi. Birinchi turda xorijda ovoz berish deyarli ikki hafta, ikkinchisida to`rt kun davom etdi. Ayrim mamlakatlarda saylovlar uchun bir kun ajratilgan.

Xabaringiz bor, saylovning birinchi bosqichida mamlakatning amaldagi rahbari Rajab Toyyib Erdog`on 49,52 foiz, uning etti muxolifat partiyasidan raqibi Kemal Qilichdaro`g`li 44,88 foiz ovoz olgan edi. Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi 28 mayga belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1