O`zbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko`rsatkichlariga ko`ra, sudyalar orasida xotin-qizlar ulushini 2025 yilda 20 foizga, 2030 yilda 30 foizga etkazish nazarda tutilgan. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Ayni paytda O`zbekistonda sudyalar orasidagi xotin-qizlarning ulushi 14 foizga etdi (bu ko`rsatkich Qozog`istonda 51%, Rossiyada 66%, Sloveniyada 70%, Portugaliyada 75%).
Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2023/2024 o`quv yili uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma`muriy huquq ixtisosliklari bo`yicha qabul e`lon qilingan.
Tahsillar davlat granti asosida amalga oshirilib, tinglovchilar oylik stipendiya bilan ta`minlanadi.
O`quv jarayonlari Sudyalar oliy maktabi binosida olib boriladi, ayol tinglovchilarga o`zlari istiqomat qiluvchi hududdagi sudlarda amaliyot o`tash imkoniyati taqdim etiladi (amaliyot o`tash jami o`qish davrining qariyib yarmini tashkil qiladi).
Hujjatlar 2023 yilning 5 iyuniga qadar qabul qilinadi.






