Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyatidagi "Andarxon" chegara posti yonida noqonuniy daraxtlar kesilgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Tabiat resurslari boshqarmasi munosabat bildirdi.
Beshariq tumani "Andarxon" chegara posti yonida manzarali 3 tup tol hamda 9 tup archa daraxtlari noma`lum shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda ildiz qismidan qo`porib tashlanganligi va o`simlik dunyosiga 99 mln 575 ming 500 so`m miqdorida zarar etkazilganligi aniqlandi.
Hozirda huquqbuzarlar shaxsiga oydinlik kiritish va holatga huquqiy baho berish uchun to`plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga taqdim etildi.






