Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg`om tuman bo`limi tomonidan gaz ta`minoti bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.S.” MChJ rahbari O.A. oshxona binosida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib jami 269 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Samarqand shahar va Urganch tuman bo`limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “K.U.” Oilaviy korxonasi va “U.X.” MChJ mas`ul shaxslari oshxona binosi va suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab jami 160,2 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
26.05.2023 08:49
Samarqandda gaz va "svet"ga noqonuniy ulanganlar aniqlandi






