AsosiyJamiyat

Sirdaryoda ayanchli YTH: Isuzu bilan to`qnashgan Damas yo`q bo`lib ketdi

'Sirdaryoda ayanchli YTH: Isuzu bilan to`qnashgan Damas yo`q bo`lib ketdi'ning rasmi

Sirdaryoda Damas Isuzu yuk mashinasi bilan to`qnashib ketdi. Bu haqda viloyat yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, voqea 24 may kuni soat 02:20 larda Mirzaobod tumani Dehqonobod mahallasi hududidan o`tuvchi M-34 avtomobil yo`lining 21,6 kilometrida sodir bo`lgan. 

“Termiz-Toshkent” yo`nalishi bo`ylab harakatlanib ketayotgan Damas rusumli transport vositasi shu yo`nalishda harakatlanayotgan Isuzu bilan to`qnashib ketgan. Ushbu avtohalokat oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar