AsosiyJamiyat

Samarqandda 3 nafar voyaga etmagan bola "Zarafshon" daryosiga cho`kib ketdi

'Samarqandda 3 nafar voyaga etmagan bola "Zarafshon" daryosiga cho`kib ketdi'ning rasmi

25 may kuni soat 14.00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga etmagan bola “Zarafshon” daryosiga cho`milish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho`kib ketishgan. Bu haqda Bosh Prokuratura xabar berdi. 

FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi topilgan.

Qolgan 2 nafar bolani qidirib topish ishlari olib borilmoqda.  

Hozirda marhumning o`limi bo`yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

"Bunday ko`ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida cho`milish ruxsat etilmagan, ta`qiqlangan, oqim tezligi yuqori bo`lgan, chuqur, o`ziga notanish bo`lgan suv havzalarida cho`milmaslik qoidalariga qat`iy rioya qilishingizni so`rab qolamiz",–deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar