Namanganda 25 yoshli "Nexia-2" haydovchisi ikki piyodani urib yubordi, ulardan biri vafot etgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 24 may kuni, soat 22:45 larda Davlatobod tumani "I.Karimov" ko`chasida 25 yoshli fuqaro "Nexia-2"ni boshqarib ketayotib yo`ldan o`tayotgan 24 va 21 yoshli piyodalarni urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyodalar og`ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ammo, ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramay ulardan biri vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






