AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari O`zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin

'Dam olish kunlari O`zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin'ning rasmi

Bugun va dam olish kunlari O`zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim tog`li hududlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida bugun va ertaga qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.

Respublikaning shimolida va cho`l hududlarida ba`zi joylarda shamol biroz 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin,

Bugun kunduz kuni havo harorati 28-33o, shimolda va cho`l hududlarda 35o gacha, janubda 37o gacha atrofida bo`ladi. Dam olish kunlari havo harorati sekin ko`tariladi va 32-35o ni, shimolda va cho`l hududlarda  35-37o ni tashkil etadi. Bunday harorat foni may oyi oxiri uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlarga yaqindir.

Poytaxtimizda 26-28 may kunlari havo ochiq bo`ladi. Sharqiy yo`nalishdagi shamol birozdan o`rtachagacha esadi. Havo harorati kechalari 16-18o , kunduz kunlari 30-33o bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar