1

Ilon Maskning kompaniyasiga odamlar ustida tajriba o`tkazishga ruxsat berildi

Dunyo 26.05.2023, 14:11
Ilon Maskning kompaniyasiga odamlar ustida tajriba o`tkazishga ruxsat berildi

Milliarder Ilon Maskga tegishli Neuralink kompaniya miyaga chiplarni implantasiya qilish bo`yicha odamlarda klinik sinov o`tkazish uchun ruxsat oldi. Bu haqda kompaniyaning Twitterdagi bayonotida aytiladi.

Ta`kidlanishicha, AQSh oziq-ovqat va farmasevtika idorasi(FDA) ijobiy qaroridan so`ng,  "Neuralink" klinik sinovlar uchun ko`ngillilarni izlay boshlaydi.

Mart oyi boshida Reuters agentligi  FDA  "Neuralink" neyrochipini odamlarda sinab ko`rishidan bosh tortganini xabar qilgan edi. Idora, loyihani amalga oshirish uchun kompaniya oldida hal qilinishi kerak bo`lgan o`nlab muammolar borligini tushuntirgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1