AsosiyJamiyat

Toshkentda Spark, Nexia 3 va avtobus ishtirokida YTH sodir bo`ldi (video)

'Toshkentda Spark, Nexia 3 va avtobus ishtirokida YTH sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Bugun, 26 may kuni soat 14.00 atrofida Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli—Cho`pon-ota ko`chalari kesishgan chorrahasida YTH yuz bergan. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, mazkur YTH M.S. (1996 yilda tug`ilgan) boshqaruvida bo`lgan Spark, F.A. (1998 yilda tug`ilgan) boshqaruvida bo`lgan Nexia-3 va U.A. (1981 yilda tug`ilgan) boshqaruvida bo`lgan MKA belgili Kinglong rusumli avtobus ishtirokida sodir bo`lgan.

Natijada Spark rusumli avtomashina haydovchisi M.S. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar