AsosiyJamiyat

O`zbek-qozoq chegarasi kuchaytirilgan rejimda ishlayotgani aytildi

'O`zbek-qozoq chegarasi kuchaytirilgan rejimda ishlayotgani aytildi'ning rasmi

O`zbekiston va Qozog`iston chegara-bojxona postlari kuchaytirilgan rejimda ishlayotgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, joriy yilning 24 may kuni O`zbekiston va Qozog`iston bojxona xizmatlarining ikki tomonlama sayyor uchrashuvi bo`lib o`tgan. Uchrashuv doirasida shu kunlarda ikki davlatlar chegara o`tkazish punktlarida kuzatilayotgan yuk avtotransport vositalarining tirbandligi masalasiga echim topish bo`yicha takliflar berilgan. Xususan, kunduzgi vaqtda faoliyat yurituvchi “Malik” (O`zbekiston) – “Sirdaryo” (Qozog`iston) o`tkazish punktini sutkalik rejimga o`tkazish, shuningdek, harakatlanayotgan haydovchilarning fuqaroligi va transport vositasi ro`yxatdan o`tkazilgan davlatga doir cheklovlarni bekor qilish ilgari surilgan.

Shuningdek, “Yallama” (O`zbekiston) – “B. Konisbaev” (Qozog`iston) chegara-bojxona postlari orqali yuk avtotransport vositalarining o`tkazuvchanligini sutkasiga 700 tagacha kengaytirish taklif etilgan.

 


 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar