Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahridagi G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida bo`ldi.
Bu maskan 2019 yilda xorijiy kompaniyaga ijaraga berilgan edi. O`tgan vaqtda 12 million dollarlik qurilish-ta`mirlash ishlari amalga oshirilib, sharoitlar yaxshilandi. 43 ta yangi attraksion o`rnatilib, uch yuzdan ziyod ish o`rni yaratildi.
Ilgari boqqa kuniga 30 ming atrofida mehmon kelgan bo`lsa, rekonstruksiyadan so`ng o`rtacha 60 ming kishi tashrif buyurmoqda.
Davlatimiz rahbari bog` bo`ylab yurib, odamlar bilan suhbatlashdi. Bolajonlarga mehr ko`rsatib, ezgu tilaklar bildirdi.