1

Erdo`g`on rasman Turkiya prezidenti etib qayta saylandi

Dunyo 29.05.2023, 09:00
Erdo`g`on rasman Turkiya prezidenti etib qayta saylandi

Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida byulletenlarning 99 foizdan ortig`i sanab chiqilgach, amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo`g`on yangi muddatga qayta saylandi. Bu haqda Turkiya Oliy saylov kengashi ma`lum qildi, deb yozadi Anadolu.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Erdo`g`on 52,14 foiz ovoz to`pladi. Uning raqibi, muxolifatdan yagona nomzod Kemal Qilichdaro`g`li 47,86 foiz ovoz oldi.

Oliy saylov kengashi rahbari Ahmet Energa ko`ra, amaldagi prezidentni 27 513 587 saylovchi, Qilichdaro`g`lini esa 25 260 210 nafar saylovchi qo`llab-quvvatlagan.

Erdo`g`on 28 may kuni Istanbulda tarafdorlari oldida nutq so`zlab, o`zining g`alabasini e`lon qildi.

Qilichdaro`g`li, saylov natijalariga bag`ishlangan nutqida, ovoz berish so`nggi yillardagi eng adolatsiz tarzda o`tkazilganini aytdi, ammo mag`lubiyatini bevosita tan olmadi.

Bir qator davlatlar etakchilari Erdo`g`onni qayta saylangani munosabati bilan tabriklashdi. Tabriklaganlar orasida O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ham bor. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1