O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 may kuni Misrning “Orascom Investment Holding” kompaniyasi raisi Najib Savirisni qabul qildi.
Misrning etakchi investisiya-sanoat korporasiyasi rahbari oliy darajadagi kelishuvlar doirasida mamlakatimizda bo`lib turibdi.
Uchrashuvda kompaniyaning O`zbekistonda qo`shma “yo`l xaritasi” doirasida qiymati 1,2 milliard dollardan ziyod bo`lgan yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalari ko`rib chiqildi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va metall konlarini o`zlashtirish, zamonaviy mehmonxona majmualarini barpo etish va boshqarish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo`yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.






