O`zbekistonda maktab o`quvchilarining matematikadan olgan bahosi geometriya faniga amal qilmasligi haqida xabarlar tarqaldi. Respublika ta`lim markazi matbuot kotibi mazkur xabarlarga oydinlik kiritdi.
Unga ko`ra, ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan yakuniy attestasiyada o`quvchining olgan imtihon bahosi algebra faniga qo`yiladi, biroq geometriyaga amal qilmasligi haqidagi noto`g`ri ko`rsatmalar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi huzuridagi Respublika ta`lim markazi tomonidan 2022/2023-o`quv yilida umumiy o`rta ta`lim maktablarining 9-, 11-sinflarida matematika fanidan imtihon yozma ish shaklida o`tkazilishi tavsiya etilgan.
O`quvchi mazkur imtihondan yozma ishda belgilangan ballar asosida qaysi bahoni olsa, algebra faniga ham, geometriyaga ham shu baho qo`yilishi ma`lum qilindi.






