AsosiyDunyo

2-3 iyun kunlari Prezident Qirg`izistonga safar qilishi mumkin

'2-3 iyun kunlari Prezident Qirg`izistonga safar qilishi mumkin'ning rasmi

2-3 iyun kunlari Cho`lpon-Ota shahrida Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligida “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” ikkinchi sammiti bo`lib o`tadi. Bu haqda Qirg`iziston Prezidenti Administrasiyasi tashqi siyosat bo`limi mudiri Muratbek Azimbakiev ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, Sammitda Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Tokaev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev,  Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o`rinbosari Nurmuhammet Amannepesov va Evropa kengashi prezidenti Sharl Mishel ishtirok etadi.

Mintaqalar o`rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda Markaziy Osiyo davlatlari va Evropa Ittifoqining o`zaro hamkorligi yuzasidan fikr almashiladi.

Bundan tashqari, Prezident Sadir Japarov delegasiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi.

Muratbek Azymbaqiev ushbu tashrif doirasida Sadir Japarov bilan ikki tomonlama muzokaralar o`tkazish rejalashtirilganligini, tomonlar Qirg`iziston-Evropa hamkorligi masalalarini tor va kengaytirilgan tarkibda muhokama qilishini qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar