AsosiyJamiyat

Ertaga Toshkentning ayrim hududlarida gaz o`chadi

'Ertaga Toshkentning ayrim hududlarida gaz o`chadi'ning rasmi

Ta`mirlash ishlari tufayli ertaga, 31 may kuni Toshkent shahrining Uchtepa va Yakkasaroy tumanlari ba`zi hududlarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, ertaga Uchtepa tumani O`rikzor mavzesida joylashgan yuqori bosim № 14-10/69-Yu GTP ning baypas qismidagi texnik nosoz gaz zulfini almashtirish ishlari hamda Yakkasaroy tumani Bahodir ko`chasi va Bo`rijar kanalida joylashgan “JZUN TASHKENT CONSTRUCTION” MChJ hududidagi er osti D-159 mm o`rta bosimli gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari amalga oshiriladi.

Bu ishlarni bajarishda 31 may kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste`molchilarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi. Aholi iste`molchilari:

  • O`rikzor, Ko`ksaroy, Zarafshon MFYlarda 4000 ta xonadon;
  • Yakkasaroy tumani Bahodir ko`chasidagi 3 ta ko`p qavatli uylar, 230 ta xonadon
     

Ulgurji iste`molchilari:

  • Uchtepa tumani O`rikzor mavzesidagi 60 ta ulgurji iste`molchilari;
     
  • Yakkasaroy tumani Bahodir ko`chasidagi 3 ta ulgurji iste`molchilari.

    Boshqa yangiliklar