Xorazm viloyati Xiva shahridagi maktablarning birida direktor imtihonga kech kelgan o`quvchini kaltakladi.
Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, 6-sonli maktab direktori 2023 yilning 1 may kuni davlat imtihoniga kechikib kelgani uchun fuqaro G.I.ning nevarasini kaltaklagan. Bu holat direktor tomonidan to`rtinchi marta takrorlanayotgani ta`kidlangan.
Holat viloyat maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi ishchi guruhi hamda tegishli vakolatli tashkilot vakillari hamkorligida o`rganildi. Lavozim vazifalarini etarli darajada bajarmagani, o`z ish faoliyatida e`tiborsizlik va mas`uliyatsizlikka yo`l qo`ygani uchun Xiva shahar 6-sonli maktab direktoriga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo`llandi.






