AsosiyJamiyat

Toshkentda 11 mingtadan ortiq avtomobil havoga me`yordan ortiq zararli gazlar chiqarayotgani aniqlandi

'Toshkentda 11 mingtadan ortiq avtomobil havoga me`yordan ortiq zararli gazlar chiqarayotgani aniqlandi'ning rasmi

Gazlarda ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarining belgilangan normalarini qo`pol ravishda buzgan 1 549 ta avtotransport haydovchisi jarimaga tortildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 10 aprelidan 10 mayiga qadar foydalanishda bo`lgan avtotransport vositalarining ekologik holati yuzasidan davlat ekologik nazoratini olib borish maqsadida respublika miqyosida "Toza havo" oyligining 1-bosqichi o`tkazilgan.

Oylik davomida jami 161 537 ta avtotransport vositalari qamrab olingan va shundan 153 761 tasi tokciklik darajasi, 7 776 tasi esa tutun qalinligi bo`yicha tekshiruvdan o`tkazilgan. Tekshiruvlar davomida avtotransport vositalarining 4 326 tasi, ya`ni 2,7 foizida ishlatilgan gazlarning ifloslantiruvchi moddalari miqdori o`rnatilgan me`yorlardan yuqori ekanligi aniqlangan.

Toshkent shahrida 11 078 ta avtotransport vositasi tekshirilib, ularning 408 tasi yoki 2.7 foizida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori me`yordan ortiq ekanligi aniqlangan.

Ma`lum qilinishicha, oylik davomida avtotransport vositalarining ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori o`rnatilgan me`yorlardan yuqorilik darajasi o`tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygani kuzatildi.

Tadbir davomida ishlatilgan gazlarda ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarining belgilangan normalarini qo`pol ravishda buzgan 1 549 ta avtotransport haydovchisiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan 246 mln 225 ming so`m jarima choralari qo`llanildi hamda 1 525 tasining harakati vaqtinchalik to`xtatib qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar