Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi 2023 yil oktyabr oyi oxiridan boshlab Kuala-Lumpur va Toshkentni to`g`ridan-to`g`ri reyslar bilan bog`lashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kuala-Lumpur — Toshkent — Kuala-Lumpur yo`nalishi bo`yicha muntazam parvozlar haftasiga uch martagacha Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bunday niyatni aviakompaniya vakillari, O`zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi, Transport vazirligi va Samarqand aeroporti boshqaruv kompaniyasi ko`magida, Uzbekistan Airports bilan o`tkazilgan muzokaralar chog`ida bildirishdi.
Ma`lumot uchun, Batik Air — bosh qarorgohi Jakartada joylashgan Indoneziya aviakompaniyasi bo`lib, Indoneziya ichida muntazam yo`lovchi reyslarini amalga oshiradi. Kompaniya Lion Air arzon aviakompaniyasining shu`ba korxonasi hisoblanadi.






