Shu yilning 2 iyun kuni Erda magnit bo`roni sodir bo`ladi.
Koinot tadqiqotlari instituti va Rossiya Fanlar akademiyasining Quyosh va quruqlik fizikasi institutining rentgen-quyosh astronomiyasi laboratoriyasining bashorat qilishicha, uning kuchi G1 toifasiga to`g`ri keladi.
G1 toifali magnit bo`ronlari ahamiyatsiz hisoblanadi. Biroq ular elektr tarmoqlarining ishlashida tebranishlarga olib kelishi va sun`iy yo`ldoshlarning ishlashiga ta`sir qilishi mumkin.
Ob-havoga ta`sirchan odamlar o`zlarini yomon his qilishlari mumkin, deyiladi mir24.tv saytida.






