AsosiyJamiyat

Farg`onada maktab bitiruvchisi kanalda oqib ketdi

'Farg`onada maktab bitiruvchisi kanalda oqib ketdi'ning rasmi

Farg`onada maktab bitiruvchisi Katta Farg`ona kanalida oqib ketdi. Bu haqda “Bu kun” dasturida xabar berildi.

Ma`lum qilinishicha, 25 mayda kunning ikkinchi yarmida Qo`shtepa tumanidagi maktablarning biridagi bitiruvchilar “Paxtakor” MFY hududidan oqib o`tadigan Katta Farg`ona kanaliga cho`milish maqsadida borgan. Ulardan biri esa cho`milish vaqtida suvdan qaytib chiqmagan.

Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi etib kelgan. Hozirda xodimlar voqea joyida qidiruv ishlarini amalga oshirmoqda.

    Boshqa yangiliklar