AsosiyJamiyat

"Inter" va "Manchester City"ning final o`yini tomosha qilish uchun O`zbekistondan Istanbulga uchadigan samolyotlarga eksklyuziv chegirma taqdim etildi

'"Inter" va "Manchester City"ning final o`yini tomosha qilish uchun O`zbekistondan Istanbulga uchadigan samolyotlarga eksklyuziv chegirma taqdim etildi'ning rasmi

Ma`lumki, 10 iyun kuni Istanbulda UEFA Chempionlar Ligasining 2022/23 yilgi mavsumi hal qiluvchi o`yini bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Shu kuni Milanning "Inter" va Angliyaning "Manchester City" klublari futbol bo`yicha eng nufuzli yutuqlardan biri uchun kurash olib boradi.

"Uzbekistan Airways" 2023 yilning 7 iyunidan 14 iyunigacha O`zbekistondan Istanbulga borish va qaytish yo`nalishidagi barcha aviaqatnovlar uchun 25% eksklyuziv chegirma taqdim etdi.

Chegirmali aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, “Uzbekistan Airways” mobil ilovasida va Uzbekistan Airways  Sales  filialida xarid qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar