AsosiyJamiyat

Yangi Toshkent quriladigan erlar bo`yicha ma`lumot berildi

'Yangi Toshkent quriladigan erlar bo`yicha ma`lumot berildi'ning rasmi

Yangi Toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O`rta Chirchiq tumanlaridan jami 19729,4 gektar er maydoni ajratilmoqda.

Shundan 12905,7 gektar qishloq xo`jaligi erlari va 6823,7 gektar boshqa er toifasidagi erlardir. Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi xabar bermoqda.

Mazkur erlardan foydanuvchilar esa 772 tani tashkil etmoqda. Jumladan,

- fermer xo`jaliklari va boshqa qishloq xo`jaligi korxonalari erlari – 13185 gektar (242 ta);
- yordamchi xo`jaliklar va issiqxona erlari – 203,8 gektar (49ta);
- dehqon xo`jaliklari – 323,5 gektar (100 ta);
- o`zga erdan foydalanuvchilar – 2263,2 gektar (379 ta);
- aholi tomorqalari – 3012,6 gektar;
- mahalliy hokimiyat zaxirasidagi erlar – 60,5 gektar (2 ta);
- kanallar va yo`llarga ajratilgan erlar – 680,5 gektar.

    Boshqa yangiliklar