Statistika agentligi O`zbekiston viloyatlari markaziy hududlari kesimida 2023 yilning may oyida tayyor palovning o`rtacha narxlariga oid ma`lumotlarni e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo`lib, bir porsiyasi 27 900 so`m bo`lgan. Eng arzon osh esa Farg`ona viloyatida — bir porsiyasi 19 200 so`mdan sotilgan. Ushbu viloyatda aprel oyida ham palov boshqa hududlarga nisbatan eng arzon narxda sotilgandi.
Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o`rtacha narxlari (2023 yil may oyi uchun):
1 porsiya oshning o`rtacha narxi:
- Qoraqalpog`iston Respublikasi – 20 800 so`m;
- Andijon viloyati – 22 200 so`m;
- Buxoro viloyati – 24 000 so`m;
- Jizzax viloyati –23 000 so`m;
- Qashqadaryo viloyati – 23 800 so`m;
- Navoiy viloyati – 20 400 so`m;
- Namangan viloyati – 19 800 so`m;
- Samarqand viloyati – 24 800 so`m;
- Surxondaryo viloyati – 23 800 so`m;
- Sirdaryo viloyati – 22 800 so`m;
- Toshkent viloyati – 21 800 so`m;
- Farg`ona viloyati – 19 200 so`m;
- Xorazm viloyati – 22 400 so`m.






