Nodavlat bog`cha va maktablarga lisenziya berish talablar engillashtiriladi. Bu to`g`risida Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y) imzolandi. Unga ko`ra, 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab:
- nodavlat maktabgacha va umumiy o`rta ta`lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o`qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta`lim oluvchilarning maksimal soniga qo`yilgan talablar engillashtiriladi;
- nodavlat maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlariga sport zalni ularga ijara va tekin foydalanish huquqi asosida tegishli bo`lgan hamda belgilangan talablarga javob beradigan binolarda ham tashkil etishga ruxsat etiladi;
- Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi hamda uning hududiy bo`linmalari tomonidan nodavlat ta`lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.






