AsosiyJamiyat

OTMlarga qo`shimcha grant asosidagi qabul uchun tavsiyanoma kimlarga beriladi?

'OTMlarga qo`shimcha grant asosidagi qabul uchun tavsiyanoma kimlarga beriladi?'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo`mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzaeva OTMlarga qo`shimcha grant asosidagi qabul uchun tavsiyanoma kimlarga berilishini ma`lum qildi.

Unga ko`ra, tavsiyanoma Respublika oliy ta`lim muassasalariga qo`shimcha davlat granti asosidagi qabul ko`rsatkichlari doirasida 6 ta mezon asosida oliy ma`lumot olish istagida bo`lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladi.

Qo`shimcha davlat granti uchun jami 2000 ta kvota nazarda tutilgan bo`lib, tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali 8 iyunga qadar onlayn ariza qoldirishlari lozim.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlarning arizalari 10 iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o`rnatilgan tartibda ko`rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to`g`risida xulosa qabul qilinadi.  

Tavsiyanoma oliy ma`lumot olish istagida bo`lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga bir yil muddatga beriladi.

Tavsiyanoma ajratilgan qo`shimcha to`rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko`rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning abiturient sifatida ro`yxatdan o`tishida tanlagan birinchi ta`lim yo`nalishi bo`yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi, ikkinchi va undan keyingi oliy ta`lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

    Boshqa yangiliklar