Bugun Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin tashrif bilan O`zbekistonga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kutib oldi.
"Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri janob Pak Chinni Toshkent xalqaro aeroportida kutib oldik, - deb yozdi O`zbekiston TIV rahbari o`zining telegram kanalida. - Pak Chin O`zbekistonga avval ham ko`p marta kelgan bo`lsada, Koreya Respublikasi TIV rahbari sifatida ilk bor tashrif buyurmoqda. Bugungi muzokaralarimiz kun tartibi juda boy".






