1

Toshkentda avariya holatidagi uyda yashayotgan aholi boshqa joyga ko`chirildi

Jamiyat 01.06.2023, 19:30
Toshkentda avariya holatidagi uyda yashayotgan aholi boshqa joyga ko`chirildi

Toshkentning Chilonzor tumani, "Naqqoshlik" MFY, Naqqoshlik ko`chasida joylashgan uyda  avariya holat yuzaga keldi. 

Mazkur manzildagi ko`p qavatli uyda yoriqlar paydo bo`layotganligi tuman hokimi S.Xolxo`jaev boshchiligidagi mas`ullar va FVVning Toshkent shahar va tuman bo`limi mutaxassislari tomonidan o`rganilib, holat insonlar salomatligi va hayoti xavfsizligiga ta`sir qilishining oldini olish maqsadida fuqarolarni boshqa manzillarga ko`chirishga qaror qilingan, deyiladi hokimlik xabarida.

Hozirda ushbu xonadonlarda yashovchi 104 nafar fuqarodan 41 nafari ya`ni 15 ta oila boshqa manzillarda istiqomat qiluvchi yaqinlarining xonadonlariga ko`chib o`tmoqda. 17 ta xonadonda yashovchi 63 nafar fuqaro esa vaqtincha turar joy bilan ta`minlandi.

Ayni paytda mutasaddilar tomonidan ushbu uy aholisini turar joy bilan ta`minlash masalasi ko`rib chiqilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1