AsosiyDunyo

Bayden yana yiqilib tushdi

'Bayden yana yiqilib tushdi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden 1 iyun kuni Kolorado shtatida harbiy havo kuchlari akademiyalari bitiruvchilariga diplomlarni topshirish marosimidagi ishtiroki vaqtida yiqilib tushdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda. 

Bayden sahnaga chiqayotganida qoqilib ketgan. 80 yoshli siyosatchining o`rnidan turishiga tansoqchilari yordamlashgan.

Oq Uyning jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi boshlig`i Ben Labolt Twitter sahifasida prezident qum to`ldirilgan qopga qoqilib yiqilganini yozdi va hozirda "uning ahvoli yaxshi" ekanini qayd etdi.

Eslatib o`tamiz, AQSh tarixidagi eng keksa prezident avval ham bir necha bor yiqilib tushgandi.

    Boshqa yangiliklar