AsosiyJamiyat

Advokatlik guvohnomasini berish tartibi belgilandi

'Advokatlik guvohnomasini berish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori  bilan Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi. Bu "Huquqiy axborot" xabar bermoqda.

 Nizomga muvofiq, advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi ro`yxatdan o`tkazilgan joy bo`yicha hududiy adliya organlari tomonidan 10 yilga beriladi.

 Talabgor advokatlik tuzilmasiga qabul qilingandan so`ng advokatlik guvohnomasini olish uchun arizani “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali elektron shaklda adliya organiga yuboradi.

Advokatlik guvohnomasini berish uchun to`lov undirilmaydi.

 Ariza yuborilgandan so`ng 2 ish kunida advokatlik guvohnomasi beriladi.

 Advokatlik guvohnomasi tayyor bo`lishi bilan talabgorga axborot tizimi orqali real vaqt rejimida xabarnoma yuboriladi.
 Talabgorga advokatlik guvohnomasini berish quyidagi hollarda rad etiladi:
- talabgor advokatlik tuzilmasini tashkil etmagan yoki mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga qabul qilinmagan bo`lsa;
- talabgor advokat qasamyodini qabul qilmagan bo`lsa.

Advokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kodni skanerlash imkoni bo`lmaydigan darajada yaroqsiz holga kelganda haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Advokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kod (matrik shtrixli kod) tasvirini yaroqsiz holatga kelishining oldini olish imkoni beradigan texnologiyada tayyorlanishi ta`minlanadi.

 Advokatlik guvohnomasi quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
- advokatning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o`zgarganda, uning lisenziyasi qayta rasmiylashtirilgandan so`ng;
- advokat boshqa adliya organi joylashgan hududda ro`yxatdan o`tgan advokatlik tuzilmasiga kirganda;
- advokatlik guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda;
- advokatlik guvohnomasi yo`qotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.

 

    Boshqa yangiliklar