AsosiyJamiyat

Farg`onada 14 gektar erni 140 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan Rossiya fuqarosi qo`lga tushdi

'Farg`onada 14 gektar erni 140 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan Rossiya fuqarosi qo`lga tushdi'ning rasmi

Farg`ona viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati tomonidan er resurslarini talon-taroj qilish bilan bog`liq holat aniqlandi.

Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar bermoqda.

1997 yilda Farg`ona viloyatida tug`ilgan fuqaro viloyat IIB boshlig`i nomiga yozgan arizasiga ko`ra, jinoyat qidiruv boshqarmasi, korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga kurashish bo`limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

1985 yilda Qirg`izistonda tug`ilgan Rossiya Federasiyasi fuqarosi Quvasoy shahar Qo`chqor qishlog`i hududida joylashgan bog`dorchilik fermer xo`jaligiga uzoq muddatga ijaraga berilgan 14 gektar er maydonini hech qanday hujjatlarsiz 140 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan.

Gumonlanuvchi oldindan bo`nak sifatida talab qilingan 15 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar