AsosiyJamiyat

“Manfaatlar to`qnashuvi to`g`risida”gi qonun – korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim qadam

'“Manfaatlar to`qnashuvi to`g`risida”gi qonun – korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim qadam'ning rasmi

Senatning 1 iyun kuni bo`lib o`tgan yalpi majlisida “Manfaatlar to`qnashuvi to`g`risida”gi Qonuni maqullandi. Ushbu Qonun korrupsiyaning bir ko`rinishi bo`lgan manfaatlar to`qnashuvining oldini olish va tartibga solishning huquqiy asosini ta`minlaydi. 

Mazkur Qonun Prezident Farmonida nazarda tutilgan topshiriq ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

O`zbekistonning xalqaro indekslardagi holatlari tahlil qilinganda, “Jahon odil sudlov loyihasi” tashkilotining 2022 yildagi Huquq ustuvorligi indeksida “Korrupsiyadan xolilik” indikatori bo`yicha O`zbekiston 66-o`rinni egallagan va bu ko`rsatkich bilan 4 bandga yuqoriladi.

“Transparensi interneshnl” tashkilotining Korrupsiyani qabul qilish indeksida ham asosiy ko`rsatkichlardan biri aynan manfaatlar to`g`nashuvining oldini olishga qaratilgan qonunlar mavjudligi va ularga amal qilinishidir. Ushbu indeksda O`zbekiston 2022 yil yakunlari bo`yicha 180 ta mamlakat ichida 126-o`rinni egalladi

Qonun bilan davlat tashkilotlarida manfaatlar to`qnashuvi vaziyatlari to`g`risida xabar berish va tartibga solish natijasida “xolis qaror qabul qilish madaniyati” shakllanishiga xizmat qiladi.

O`z navbatida, Qonun bilan “manafaatlar to`qnashuvi” tushunchasiga aniq ta`rif berilib, ushbu vaziyat kimlar o`rtasida va qachon vujudga kelishi mumkinligi to`g`risida aniq belgilanmoqda.

Manfaatlar to`qnashuvi – davlat tashkiloti xodimining, uning yaqin qarindoshlarining va unga aloqador shaxslarning shaxsiy manfaatlari bilan fuqarolarning, tashkilotning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o`rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelgan va kelayotgan (mavjud manfaatlar to`qnashuvi) yoxud yuzaga kelishi mumkin bo`lgan (taxmin qilinayotgan manfaatlar to`qnashuvi) vaziyat.

Davlat tashkiloti xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari va ularga aloqador shaxslarning manfaatlar to`qnashuvini oldini olish sohasidagi huquq va majburiyatlari belgilanmoqda;

Manfaatlar to`qnashuvining oldini olish maqsadida davlat tashkiloti xodimlariga bir qator cheklovlar belgilanmoqda. Masalan:

– o`zi ishlayotgan davlat tashkiloti nazorat qiladigan tijorat tashkilotlarida ulushga o`zi yoki yaqin qarindoshlari egalik qilishi;

– tijorat tashkilotlarining ta`sischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) bo`lish, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining ommaviy muomalada bo`lgan 10 foizigacha aksiyalariga egalik qilish mustasno;

– o`zi ishlayotgan davlat tashkilotida o`zining, yaqin qarindoshlari 
yoki unga aloqador shaxslarga taalluqli ishlarni ko`rib chiqishda 
vakil sifatida ishtirok etish;

– o`zi ishlayotgan davlat tashkilotining mulkini sotib olishda, ijaraga olishda ishtirok etishi yoxud ushbu savdolarda yaqin qarindoshlarining ishtirok etishi (bundan elektron auksion mustasno) taqiqlanadi;

Mazkur cheklovlar Polsha, Rossiya, Gruziya, Latviya va boshqa davlatlarning qonunchiligida manfaatlar to`qnashuvini oldini olishga oid belgilangan cheklovlardan foydalanilgan.

Manfaatlar to`qnashuvining oldini olish, aniqlash va tartibga solish bo`yicha vakolatli tuzilmalar tizimi belgilanmoqda. Jumladan:

–Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;

– korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari;

– kadrlar bilan ishlash bo`linmalari; 

–  odob-axloq komissiyalari.

Davlat tashkilotida aniqlangan manfaatlar to`qnashuvi vaziyatlarini hisobga olish reestri yuritilishi nazarda tutilmoqda;

Manfaatlar to`qnashuviga oid talablarni buzganlik uchun quyidagi huquqiy oqibatlar belgilanmoqda:

– manfaatlar to`qnashuvining oldini olish bo`yicha cheklovlarga amal qilmagan davlat tashkiloti xodimlariga nisbatan intizomiy javobgarlik;

– manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`ygan holda qabul qilingan 
qarorlar va tuzilgan bitimlar sud tartibida haqiqiy emas deb 
topilishi va aybdor xodimdan etkazilgan zarar undirish.

– Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga davlat organi xodimlarining manfaatlar to`qnashuvi haqida xabar bermaganligi va uni tartibga solinmaganlik uchun ma`muriy jarimalar belgilanmoqda.

Mazkur Qonun qabul qilinishi natijasida  davlat tashkilotlarida manfaatlar to`qnashuvining oldini olish, aniqlash va tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish, uning huquqiy oqibatlarini aniq belgilash hamda O`zbekistonning korrupsiyaga oid xalqaro reytingdagi ko`rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi.

 

Adliya vaziri o`rinbosari X. Meliev!

    Boshqa yangiliklar