1

Adliya vaziriga yangi o`rinbosar tayinlandi

Jamiyat 02.06.2023, 14:05
Adliya vaziriga yangi o`rinbosar tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Sherzod Mirjalilovich Rabiev adliya vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sh. Rabiev 1984-yilda Sirdaryo viloyati Xovos shahrida tug`ilgan, ma`lumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Sherzod Rabiev shu kunga qadar Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Sh. Rabievni yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Ma`lumot uchun: adliya vaziri o`rinbosarlari Aktam Muxammadiev va To`lqin Abdusattorov boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1