AsosiyDunyo
1892

Yaqin kunlarda Erga yaqin masofadan xavfli asteroid uchib o`tadi

'Yaqin kunlarda Erga yaqin masofadan xavfli asteroid uchib o`tadi'ning rasmi

Diametri 500 metrdan oshadigan 1994 XD asteroidi 12 iyun kuni Erga 3,1 million kilometr masofada yaqinlashadi. Bu haqda Rossiya Fanlar Akademiyasi M. V. Keldish nomidagi Amaliy matematika instituti xabarida aytildi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

"2023 yil 12 iyun kuni Erga yirik (diametri 500 metrdan ortiq) potensial xavfli asteroid (488453) 1994 XD yaqinlashadi. Asteroid (488453) 1994 XD 3,1 million kilometr masofadan uchib o`tadi, bu taxminan Oygacha bo`lgan o`rtacha masofadan 8 baravar ko`p", – deyiladi xabarda.

Ob`ekt Kitt-Pik rasadxonasida 1994 yil 1 dekabrda topilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar