Mamlakatimiz Prezidentining tegishli qaroriga asosan Buxoro viloyat hokimligining doimiy vakillarini 6 ta davlat: Indoneziya, Malayziya, Bangladesh, BAA, Isroil va Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlariga yuborish va ushbu davlatlardan turistlarni jalb qilish vazifalari belgilangan.
Qarorga asosan joriy yilning 31 may kuni Buxoro viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig`i S.Bobokalonov va soha vakillari BAA dagi WizzAir loukoster aviakompaniyasi mutasaddilari bilan muzokaralar o`tkazishdi.
Bu erda Buxoro delegasiyasi vakillari aviakompaniyaning savdo menedjeri Krislen Keri bilan uchrashdi.
Ma`lumki mazkur aviakompaniya Toshkent va Samarqandga Abu-Dabidan to`g`ridan-to`g`ri reyslarini yo`lga qo`ygan.
Muzokaralar davomida kelgusida ushbu reyslarni Buxorodan ham amalga oshirish bo`yicha takliflar ko`rib chiqildi.
Ushbu taklif BAA loukosteri rahbariyati a`zosi Krislen Keri tomonidan qo`llab-quvvatlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Buxoro xalqaro aeroporti va Buxoro viloyatining turistik salohiyati taqdimoti o`tkazildi va WizzAir aviakompaniyasi vakili Buxoro xalqaro aeroporti imkoniyatlari bilan tanishish uchun Buxoroga taklif qilindi.
Kelgusida mazkur aviakompaniya bilan haftasiga Abu Dabi-Buxoro-Abu Dabi reyslarini amalga oshirish bo`yicha Buxoro viloyati hokimligi, Buxoro xalqaro aeroporti bilan barcha choralarni ko`rishga qaror qilindi. Bu esa Buxoroga BAA dan keladigan sayyohlar sonining sezilarli darajada oshish imkonini yaratadi.






