“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-39° bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37° bo`ladi.
Tog`li hududlarda kunning ikkinchi yarmida Farg`ona vodiysi viloyatlarining tog`li xududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27° bo`ladi.






