AsosiyDunyo

Hindistonda yuz bergan poezdlar to`qnashuvida 230 dan ortiq kishi halok bo`ldi

'Hindistonda yuz bergan poezdlar to`qnashuvida 230 dan ortiq kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Hindiston sharqidagi Odisha shtatida 2 iyun, juma kuni kechqurun poezdlar to`qnashuvi oqibatida kamida 233 kishi halok bo`ldi. Jabrlanganlar soni, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 900 ga yaqin kishi. "Bu keng ko`lamli baxtsiz hodisa va qurbonlar soni hali ham sezilarli darajada oshishi mumkin", - deya Balasore shahridan amaldorning so`zlaridan iqtibos keltirgan The Indian Express.

Hindiston hukumati rasmiy bayonotida aytilishicha, Hovradan Chennayga ketayotgan "Koromandel ekspress" poezdi Bahanaga bazaar bekati yaqinida relsdan chiqib ketgan. Xuddi shu stansiya hududida SMVB-HWH Superfast Exp tezyurar poezdi Sir M. Visvesvaraya vokzali - Hovra yo`nalishida relsdan chiqib ketdi.

"Temiryo`l kompaniyasi vakillari qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish va yordam ko`rsatish uchun zudlik bilan voqea joyiga jo`nab ketishdi. Temiryo`lchilarning barcha e`tibori yo`lovchilarni qutqarish va qurbonlar sonini kamaytirishga qaratilgan. Qutqaruv ishlari harbiy miqyosda olib borilmoqda", — deyiladi press-relizda.

Ayni paytda, ayrim ommaviy axborot vositalari "Koromandel ekspress" relsdan chiqib ketgani va yuk poezdi bilan to`qnashib ketgani haqida xabar bermoq

    Boshqa yangiliklar