AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning ayrim joylarida elektr energiyasida uzilishlar bo`ladi

'Bugun Toshkentning ayrim joylarida elektr energiyasida uzilishlar bo`ladi'ning rasmi

Bugun, 3 iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod hamda Chilonzor tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subektlarida elektr energiyasi soat 18:00 ga qadar o`chiriladi.

Iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini etkazib berilishini ta`minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariya holatlarini oldini olish, hamda ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Yashnobod tumani "Mirishkor" MFYning Ilg`or shox, Tolariq, Masjid hamda Darxon ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Chilonzor tumanining Afshona, Ilg`or, Cho`pon ota ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o`chiriladi.

Iste`molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli etkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan avariyaviy uzilishlarning oldini olish va tuman elektr ta`minoti korxonasi tomonidan belgilangan davlat dasturi asosida hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish ishlari bosqichma - bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

    Boshqa yangiliklar