AsosiyJamiyat

Dubayda qarovsiz qolgan voyaga etmagan bolalar Toshkentga olib kelindi

'Dubayda qarovsiz qolgan voyaga etmagan bolalar Toshkentga olib kelindi'ning rasmi

O`zbekistoning Dubaydagi Bosh konsulxonasi shu davlatda istiqomat qilayotgan faol vatandoshlar, Amirlikdagi "Ayollar va bolalarga yordam ko`rsatish markazi" xayriya tashkiloti hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida 3 nafar qarovsiz qolgan voyaga etmagan O`zbekiston fuqarolari Toshkentga olib kelindi. Bu haqda  "Dunyo" AA xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning aprel oyidan buyon Dubaydagi hibisxonada saqlanilayotgan O`zbekiston fuqorosi D.S. qarovsiz qolgan 3 nafar voyaga etmagan farzandlari Bosh konsulxona ishtirokida uy-joy, oziq-ovqat va boshqa kerakli narsalar bilan ta`minlab kelingan.

Vakolatxona tomonidan BAA Tashqi ishlar vazirligi va maxalliy polisiya vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida D.S. va uning 3 nafar farzandlari o`rtasida onalikni belgilash bo`yicha DNK tekshiruvlari qayd qilinib, natijada fuqaromiz uchala bolaning biologik onasi ekanligi aniqlandi.

Shundan so`ng uning farzandlariga mahalliy idoralar tomonidan tug`ilganlik haqida guvohnomalar rasmiylashtirilib, O`zbekistonga qaytish guvohnomasi asosida Dubay–Toshkent aviaqatnovi bilan O`zbekistonga qaytarilgan.

    Boshqa yangiliklar