AsosiyJamiyat

Endi ekologik me`yorlarga javob bermaydigan mashinalar Toshkentga kiritilmaydi

'Endi ekologik me`yorlarga javob bermaydigan mashinalar Toshkentga kiritilmaydi'ning rasmi

Belgilangan ekologik me`yorlarga javob bermaydigan transport vositalarining Toshkentda harakatlanishi cheklanadi. Bu haqda Prezidentning joriy yil 2 iyun kuni imzolangan PQ-171-sonli qarorida belgilab qo`yildi.

Mazkur hujjatga ko`ra, poytaxtning 4 ta kirish yo`l patrul maskanlarida doimiy ekologik postlar tashkil etiladi.

Ya`ni, tun-u kun ishlaydigan postlar:

- Uchqahramon;

- Erkin;

- Sharq;

- Bektemir.

Shuningdek, Toshkentda "N-2" (yuk tashish quvvati – 3,5-12,0 tonna) va "N-3" (yuk tashish quvvati 12,0 tonna) toifasiga kiruvchi transport vositalarining harakati tartibga solinadi. Bunda o`rnatilgan standartlarga javob bermaydigan transport vositalarini kichik avtomobil halqa yo`li orqali harakatlanishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar