AsosiyJamiyat

4-5 iyun kunlari Moskvada "sovuq urish" hodisasi kuzatilishi mumkin

'4-5 iyun kunlari Moskvada "sovuq urish" hodisasi kuzatilishi mumkin'ning rasmi

4-5 iyun kunlari Moskvada "sovuq urish" hodisasi kuzatilishi mumkin.  Bu haqda gidrometeorolik E. Abdulahatov xabar bermoqda.

"May oyi oxirida Skandinaviyada shakllangan sovuq arktik havo massasi joylarda shu davr uchun eng minimal qiymatlarni taqdim etmoqda.  

Mazkur sovuq havo oqimi 4-5 iyun kunlari Moskva shahrida ham havo haroratini nol va undan biroz pastroqqacha pasaytirishi mumkin ekan.

Agar, prognozlar o`zini oqlasa, Moskva kuzatuvlar tarixida 4-5 iyun kunlari uchun eng past harorat kuzatiladigan bo`ladi.  

Ushbu sovuq oqimning O`zbekistonga ta`siri deyarli yo`q. Faqat 9-10 iyun kunlari shimolda harorat hozirgidan 4-5 darajaga past bo`lishi mumkin", deydi mutaxassis.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar